Amaliy ish № 3
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi.

Ishning maqsadi: Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalarini o`rgatish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Kutilayotgan natija: Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari  haqida  nazariy va amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi. 
Nazariy ma’lumotlar:
Kompyuterlar soni ikkitadan oshishi bilan topologiya yoki fizik aloqa konfiguratsiyasi tanlovi muammolari kelib chiqadi. Tamoq topologiyasi deganda konfiguratsiya grafigi, uning boshiga tamoqning oxirlash tugunlari(masalan kompyuterlar) va kommunikatsion qurilmalar(masalan marshrutizator), ikkilamchi vositalariga ega ular orasidagi elektr va axborot aloqalari to‘g‘ri keladi. Bog‘lanuvchi qurilmalar soni ko‘payishi bilan mumkin bo‘lgan konfiguratsiyalar soni ham oshadi. Agar biz uchta kompyuterni ikki xil usulda bog‘lay oladigan bo‘lsak, to‘rtta kompyuter uchun(4.5-rasm) topologik turli konfiguratsiyali olti xilini ko‘rsatishimiz mumkin(kompyuterlarning farqi bo‘lmagan shart bilan).
Biz har bir kompyuterni har biri bilan bog‘lashimiz yoki ularni ketma-ket ulashimiz mumkin. Ketma – ket ulangan holda xabarlarni bir-biriga ―tranzit‖ holda uzatib muloqot qiladi. Bu holda tranzit tugunlar maxsus oraliq operatsiyasini bajara oladigan maxsus vositalar bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak. Tranzit tugun sifatida universal kompyuter yoki maxsuslashtirilgan qurilma ishlatilishi mumkin. Tarmoq
xarakteristikalarining ko‘pchiligi aloqa topologiyasi tanloviga bog‘likdir. Masalan, tugunlar o‘rtasida bir qancha yo‘llar bo‘lishi tarmoqning ishonchliligini oshiradi va alohida kanallar yuklanishini taqsimlash imkoniyatini beradi. Topologiyani tanlash Mumkin bo‘lgan ko‘pgina konfiguratsiyalar ichida to‘liq va tuliqsiz bog‘lanishlilarga ajratiladi (1– rasm). iqtisodiy jihatdan o‘ylab ko‘rilganda aloqa liniyasining summar yig‘indisi minimal bo‘lishi o‘rinlidir.

a. -rasm. Kompyuterlar bog‟lanish variantlari.

To‘liq bog‘lanishli topologiyada (2-rasm) bitta kompyuter tamoqdagi qolgan kompyuterlarning har biri bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Bu variantlarning mantiqan oson bo‘lgani bilan besunaqay va noeffektivdir. Haqiqatdan ham, chunki bu holda tamoqdagi har bir kompyuter bir-birlari bilan bog‘lanish uchun yetarlicha kommunikatsion portlarga ega bo‘lishi kerak. Har bir juft kompyuter uchun alohida fizik aloqa liniyasi ajratilishi kerak (ayrim hollar uchun ikkita, agarda u liniyani ikki tomonlama uzatish uchun ishlatib bo‘lmasa). Katta tamoqlarda to‘liq bog‘lanishli topologiya kam uchraydi , chunki N ta tugun bog‘lanishi uchun N(N-1)/2 fizik dupleksli aloqa liniyasi talab qilinadi va u kvadratik bog‘liq o‘rin egallaydi. Ko‘pincha bu topologiya ko‘rinishi ko‘proq miqdordagi kompyuterlarni birlashtiruvchi ko‘p mashinali kompleks yoki tarmoqlarda qo‘llaniladi.


c. – rasm. To‟liq bog‟lanishli konfiguratsiya.
Boshqa hamma variantlar to‘liqsiz bog‘lanish topologiyasiga asoslanadi. Bunda ikkita kompyuter o‘rtasida ma'lumot almashinish uchun tarmoqning boshqa tugunlari orqali ma'lumot oraliqlar bilan uzatilishi talab qilinishi mumkin.
Yacheykasimon topologiya to‘liq bog‘lanishlidan ba'zi mumkin bo‘lgan bog‘lanishlarni olib tashlash bilan hosil qilinadi(4.8 rasm). Yacheykasimon topologiya katta tarmoqlarga va u ko‘p miqdoragi kompyuterlarni bog‘lanishiga yo‘l beradi.

3-rasm. Yacheykasimon topologiya.
Halqa konfiguratsiyali tarmoqlarda (4-rasm) ma'lumotlar bir kompyuterdan boshqasiga halqa asosida uzatiladi. ―Halqa‖ning asosiy afzalligi shundaki o‘z muhitiga asosan bog‘lanishlarni zahiralashtirish imkoniga ega. Haqiqatdan ham, har qaysi juft tugun ikki yo‘l bilan – soat strelkasi yo‘nalishida va teskari yo‘nalishda bog‘langan. ―Halqa‖ juda qulay konfiguratsiyaga ega va ma'lumotlar–qaytuvchi aloqani hosil qilish uchun to‘liq aylanish qilib manba – tugunga qaytib keladi. Shu sababli ushbu holda uzatuvchi ma'lumotlarni uzatgan manziliga yetib borish jarayonini boshqarishi mumkin. ―Halqa‖ ning xususiyati ko‘pincha tarmoqning bog‘langanligini tekshirish uchun va noto‘g‘ri ishlayotgan tugunni topish uchun ishlatiladi. Shu holatda halqa topologiyali tarmoqlarda biror stansiyaning ishdan chiqishi yoki o‘chirilganida ―halqa‖ning qolgan stansiyalari orasidagi bog‘lanish kanallari uzilmasligi uchun maxsus choralar ko‘rilishi kerak.

4-rasm. “Halqa” topologiyasi.
―Yulduz‖ topologiyasi (5-rasm) har bir kompyuter alohida kabel yordamida konsentrator deb nomlanuvchi umumiy markaziy qurilmaga ulanishidan hosil bo‘ladi. Konsentrator biror kompyuterdan keluvchi ma'lumotni boshqasiga yoki barchasiga yo‘naltirish funksiyasini bajaradi. Konsentrator sifatida kompyuter, maxsus qurilma, ya'ni ko‘p kirishli repiter, kommutator yoki marshrutizator bo‘lishi mumkin. ―Yulduz‖ turidagi topologiyalarning kamchiligi maxsus markaziy qurilmaga ega bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lgan ancha qimmatbaho tarmoq jihozlarini qo‘llash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari tarmoqdagi tugunlarning miqdorini ko‘paytirish imkoniyati konsentrator portlari soni bilan chegaralanadi.

5 -rasm. Yulduz” topologiyasi.
Bazan o‘zaro ―yulduz‖li (6-rasm) bog‘langan iyerarxik ulanishli tarmoq ko‘rishda bir qancha konsentratorlarni qo‘llashning muhim ahamiyati bor. Natijada ko‘rinadigan tuzulishni daraxt deb ham atash mumkin. Hozirgi vaqtda lokal va global tarmoqlarda keng tarqalgan topologiya turi hisoblanadi.

6-rasm. “Iyerarxik yulduz “ yoki “daraxt” topologiyasi.
―Yulduz‖ konfiguratsiyasining muhim qismi sifatida ―umumiy shina‖ konfiguratsiyasi hisoblanadi (7-rasm). Bu yerda markaziy element sifatida passiv kabel ishlatiladi. Unga ―YOKI montajli‖ sxema bo‘yicha bir qancha kompyuterlar ulanadi. (bu topologiyadan simsiz aloqadan foydalanuvchi ko‘pgina tarmoqlar foydalanadi_bu yerda ―umumiy shina‖ sifatida umumiy radio muhit qo‘llaniladi).

7-rasm. “Umumiy shina” topologiyasi.
Bunday sxemaning asosiy jihati uning arzonligi va tarmoqqa yangi tugunlarni ulash osonligidir. ―Umumiy shina‖ning jiddiy kamchiligi uning yetarlicha ishonchli emasligidir: kabelning har qanday defekti yoki qaysidir tarkibiy qismning kamchiligi butun tarmoqni ishdan chiqaradi. ―Umumiy shina‖ning boshqa kamchiligi o‘tkazuvchanlik qobiliyatining pastligidir. Bu ulanish usulida har bir vaqt momentida faqat bitta kompyuter tarmoq bo‘ylab ma'lumot uzatishi mumkin. Shuning uchun aloqa kanalining o‘tkazuvchanlik qobiliyati har doim tarmoqning butun tugunlari o‘rtasida taqsimlanadi. Yaqin vaqtlargacha ―umumiy shina‖ lokal tarmoqlar uchun eng taniqlilardan biri bo‘lgan.
Unchalik katta bo‘lmagan tarmoqlar ―yulduz‖,‖halqa‖ yoki ―umumiy shina‖ topologiya turlariga ega. Katta tarmoqlarda kompyuterlar o‘rtasidagi aloqa turliligi bilan xarakterlidir. Bunday tarmoqlarda topologiya turiga ega bo‘lgan alohida turda bog‘langan fragmentlarni (tarmoq osti) ajratish mumkin. Shu sababdan ular aralash topologiyali tarmoqlar deb ataladi (8-rasm).

8-rasm. Aralash topologiya.

Nazorat savollari
1. “Yulduz” konfiguratsiyasining muhim qismi sifatida nimadan foydalaniladi?
2. “Halqa”ning asosiy afzalligini ayting?
3. Konfiguratsiyalar turlarini sanang?
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Douglas E. Comer. Computer Networks and Internets (6th Edition). Pearson. USA, 2014. 672-pages.
2. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA,2013,889-pages
3. M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma- T.: “Noshir”, 2009 y.
4. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. - Т.: Oʻqituvchi, 2011y.
5. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y.
6. Эндрю ТаненбаумДэвид Уэзеролл. Компьютерные сети. Издательство ПИТЕР 2012г. 960стр.
7. Р.Хамдамов ва бошқалар. Таълимда ахборот технологиялари. Услубий қўлланма. Тошкент. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” 2010 й.
8. Виктор ОлиферНаталия Олифер. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы. Учебник. Издательство ПИТЕР 2016г. 992 стр.
9. M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottayev. Web texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. T.; “Faylasuflar jamiyati”. 2013 y.
10. M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova.           Informatika va axborot texnologiyalari.          O`quv qo`llanma.       Toshkent, “O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y.
11. Велихов А.В и др. Компьтерные сети. Учеб.пос., Москва, ЗАО «Новый издательский дом», 2005 г.